08:31 / 28.11.2020
19564

Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, bunga kuchli shamol va qor ko‘chkisi xavfi sabab bo‘lgan. 

«Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligi ostida maxsus xizmatlar vaziyatni yaxshilash uchun ish olib bormoqda», - deyiladi ma'lumotda.

Ta'kidlanishicha, yo‘l harakatlanish uchun xavfsiz holatga keltirilganidan so‘ng, dovonda transport harakati yana tiklanadi.

Mavzuga oid
Top