16:10 / 01.12.2020
5108

Merkel koronavirusning uchinchi to‘lqini haqida ogohlantirdi

Avvalroq Germaniyada joriy etilgan qat'iy karantin 20 dekabrgacha uzaytirilgani va kelasi yil yanvari oxirigacha uzaytirilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Foto: Reuters

Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirusning uchinchi to‘lqini xatari haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyada 2 noyabrda “yengil lokdaun” joriy etilganidan so‘ng yangi kasallanish holatlari soni kamaygan. Ammo rasmiy shaxslar vaziyat duch kelgan paytda o‘zgarib ketishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

“Qishda biz yanada hushyor bo‘lishimiz shart. Aks holda bizda yangi to‘lqin yuz beradi”, — dedi kansler.

Shuningdek, Merkel rojdestvo ta'tillari davrida cheklov choralari yumshatilishiga qarshi chiqdi.

Avvalroq Germaniyada joriy etilgan qat'iy karantin 20 dekabrgacha uzaytirilgani va kelasi yil yanvari oxirigacha uzaytirilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Germaniya koronavirus yuqtirish holatlari o‘sganligi sababli 2 noyabrda qat'iy karantin joriy etgandi. Angela Merkelning farmoniga muvofiq, xususan, restoran, bar, kinoteatr, ko‘ngilochar muassasalar, fitnes-klub, basseynlar yopilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top