10:53 / 02.12.2020
4214

7,5 mln dollardan ortiq qiymatdagi FAO chigirtka nazorati loyihasi ishga tushirildi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston manfaati uchun moliyalashtirilgan «Chigirtka nazoratini takomillashtirish to‘g‘risida (II bosqich)» BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) loyihasi rasman ishga tushirildi. Loyiha uchun olingan umumiy mablag‘ 7,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Loyiha boshqaruv qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi 6 nafar benefitsiar mamlakat vakili, JICA vakillari va FAO mutaxassislari ishtirokida onlayn tarzda o‘tkazildi. Amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar haqida umumiy ma'lumot berildi, birinchi yil uchun budjet va ish rejasini hamda chigirtkalar keltirgan zararni kamaytirish bilan bog‘liq boshqa masalalar muhokama qilindi.

Mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalashtirilgan ushbu loyiha davomida barcha benefitsiar davlatlar o‘rtasida seminarlar, qo‘shma tadqiqot faoliyati va byulletenlarni nashr etish orqali muntazam axborot va tajriba almashishni o‘z ichiga oladi. 

Shuningdek, chigirtka nazorati uchun mas'ul milliy mutaxassislar malakasini oshirish orqali mamlakatlarning milliy salohiyatini yanada mustahkamlash rejalashtirilmoqda. 

Bundan tashqari, zararkunandalarga qarshi kurashni takomillashtirish uchun eng so‘nggi uskunalar yetkazib beriladi, bu chigirtkalar tarqalishini yaxshiroq taxmin qilish va ularning halokatini kamaytirishga imkon beradi. Shu bilan birga, kamroq toksik pestitsidlar va zararkunandalarga qarshi biologik preparatlardan foydalangan holda chigirtka epidemiyasiga qarshi chora-tadbirlarning takomillashtirilgan mexanizmi joriy etiladi.

Top