08:05 / 03.12.2020
4584

OTMda o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma'lumotnomani onlayn olish mumkin

Endi oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma'lumotnomani onlayn olish mumkin. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtorizatsiyadan o‘tish va xizmatdan foydalanish bo‘yicha so‘rovnomani to‘ldirish kerak. 

Ma'lum qilinishicha, ushbu ma'lumotnoma 5 ish kuni davomida shakllantiriladi va elektron ko‘rinishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetga yuboriladi. Xizmat bepul.

Top