08:11 / 04.12.2020
4528

AQSh Huawei’ning moliyaviy direktoriga aybini tan olish evaziga uyga qaytishni taklif qildi - OAV

AQSh rasmiy idoralari Kanadada hibsga olingan Huawei kompaniyasi moliyaviy direktori Men Vanchjou bilan bitim tuzish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu bitim Vanchjouning uyga qaytishiga omil bo‘lishi mumkin, deb manbalarga tayanib xabar berdi The Wall Street Journal nashri.

Foto: EPA-EFE

Manbalarning ma'lum qilishicha, AQSh Adliya vazirligi vakillari Vanchjou bilan muzokaralar olib borib, unga qo‘yilayotgan ayblovlarning ba'zi bandlari bo‘yicha o‘zini aybdor deb tan olishni taklif qilishmoqda. AQShda Huawei, uning shu'ba kompaniyalari va Vanchjouga nisbatan 23 ta band, jumladan, sanoat josusligi va AQShning Eronga qarshi sanksiyalarini buzish bo‘yicha ayblovlar bildirilgan.

Agar Vanchjou AQSh hukumati bilan kelishuvga borsa, AQSh Adliya vazirligi uning jinoiy ta'qib qilinishini kechiktirishi, keyinroq esa undan barcha ayblovlarni olishi ham mumkin. Shu tariqa Vanchjou Xitoyga qaytish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. The Wall Street Journal’ning ta'kidlashicha, bunday bitim tuzilishi, shuningdek, 2019 yilda Xitoyda hibsga olingan 2 kanadalikning o‘z vataniga qaytishiga imkon beradi.  

2018 yil dekabrda Kanada va Xitoy o‘rtasida Vankuverda Huawei direktori Men Vanchjouning hibsga olinishi yuzasidan diplomatik ziddiyatlar vujudga kelgandi. Vanchjou firibgarlik ayblovlari bo‘yicha AQShdan deportatsiya qilinishi mumkin. Shundan keyin Xitoy harakatlari milliy xavfsizlikka xavf solishda ayblangan 2 kanadalikni hibsga olgan. 2020 yil iyunda Xitoy prokuraturasi ularga josuslik bo‘yicha ayblovlar bildirgan. Ottava o‘z fuqarolarining hibsga olinishini noqonuniy va siyosiy motivlashgan deb hisoblamoqda. 

Top