08:30 / 08.12.2020
4192

«O‘zbekneftgaz» muassisligida soha ziyolilari uchun «O‘zbekiston neft va gaz» jurnali nashr etilmoqda

«O‘ZBEKISTON NEFT VA GAZ» nashri tadqiqot natijalarini, tahliliy maqolalarni, sohaning dolzarb muammolariga sharhlarni va boshqa munozarali masalalarni yoritib boradi.

«O‘ZBEKISTON NEFT VA GAZ» jurnali O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 0107 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Jurnalning ta'sischisi «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.

Jurnal har chorakda, bir yilda to‘rt marta nashr etiladi. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Jurnal o‘zbek va rus tillarida nashr etilishi bilan bir qatorda, maqolalar ingliz tilidagi annotatsiya va kalit so‘zlarga ham ega.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning tashabbusi bilan jurnalning tahririyat kengashi hamda tahririyat hay'ati a'zolari mahalliy va xalqaro miqyosda tanilgan tadqiqotchi-olimlar, mamlakatimizning neft va gaz sohasidagi yetuk korxonalari rahbarlaridan iborat qilib belgilandi.

Nashrning maqsadi – ilmiy ishlar orqali jurnal obunachilariga dolzarb mavzularni yetkazish, xodimlarning nazariy bilimlarini oshirish, fundamental, amaliy, izlanuvchan tadqiqotlarning yangi ilmiy natijalarini nashr etish, munozarali masalalar, analitik maqolalar, neft va gazning dolzarb ilmiy muammolarini sharhlashdir.

Masalan, neft va gaz bo‘yicha geologik qidiruv ishlarining istiqbollari va natijalari, konlarni shakllantirish, joylashtirish shartlari, qayta tiklash qiyin bo‘lgan neft va gaz zaxiralari, noan'anaviy manbalari, ekologiyasi hamda neft va gaz konlarini rivojlantirish muammolari shular jumlasidan.

Shuningdek, jurnal ijodiy guruhi tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJ faoliyati, sohada amalga oshirilayotgan geologik qidiruv ishlari, tabiiy gaz qazib chiqarish hamda qayta ishlash mashaqqatlari va samaradorligi, neft bazalar faoliyatiga oid materiallar ham e'lon qilib boriladi.

Tahririyat, shuningdek, yurtimizning olimlari va mutaxassislarining ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish yutuqlarini, shu bilan bir qatorda «O‘zbekneftgaz» AJ korxonalari, tashkilotlari va birlashmalariga oid ma'lumotlar, O‘zbekistonning turli mintaqalaridagi soha yutuqlarini nashr etadi.

«O‘ZBEKISTON NEFT VA GAZ» ilmiy-texnika jurnaliga obuna bo‘lish uchun marketing va reklama bo‘limiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+998 (71) 256-67-27

+998 (71) 207-27-72 (555)

Reklama huquqi asosida

Top