17:14 / 10.12.2020
9059

Toshkentda yo‘lovchilar eng ko‘p va eng kam foydalangan avtobus yo‘nalishlari aytildi

2020 yilning 11 oyi mobaynida Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus)dan 128ta yo‘nalish bo‘yicha jami 95 368 000 nafar yo‘lovchi foydalangan. 

Foto: KUN.UZ

"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, 53 282 000 nafar yo‘lovchi naqd pul yoki transport kartalari orqali to‘lov amalga oshirgan, 38 643 000 nafar yo‘lovchi oylik yo‘l chiptalari orqali to‘lov amalga oshirgan va 3 441 000 nafar yo‘lovchi imtiyozli ravishda bepul harakatlangan.

Shuningdek, jamoat transporti (avtobuslar)dan noyabr oyi mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni ma'lum qilindi. 

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 131-sonli yo‘nalish - 216 189 nafar;
2. 58-sonli yo‘nalish - 152 671 nafar;
3. 24-sonli yo‘nalish - 149 828 nafar yo‘lovchi.

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 113-sonli yo‘nalish - 4 703 nafar;
2. 120-sonli yo‘nalish - 9 731 nafar
3. 50-sonli yo‘nalish - 10 009 nafar yo‘lovchi.

Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:

1. Mercedes-Benz LF - 2 834 487 nafar;
2. Isuzu - 2 358 126 nafar
3. Man - 1 339 531 nafar yo‘lovchi.
4. Saz LE 60 - 532 596 ta

128ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni 7 064 740 nafarni tashkil qildi.

Top