08:30 / 11.12.2020
7914
Reklama

Makro o‘zining o‘n yilligini nishonlamoqda: bir kunda 10 ta do‘kon, hamma narsaga 10 foiz chegirma, tengdoshlarga ryukzaklar va har biringizga minnatdorlik!

Supermarketlar tarmog‘i syurprizlar bilan o‘z xaridorlarini quvontirmoqda: o‘z tug‘ilgan kunida kun-u tun ishlaydigan 10 ta yangi do‘kon ochdi, mutlaqo hamma narsaga 10 foiz chegirma va o‘zining barcha tengdoshlariga "Mening yoshim 10da!" yozuvli ryukzaklarni sovg‘a qildi!

Tarmoqning birinchi supermarketi Mega Planet KSMda 11.12.2010 yilda ochilgan. Shundan buyon tarmoq 24 ta shahardagi 86 filiallargacha kengaydi, ulardan 28 tasi kun-u tun – 24/7 soat ishlaydi.

Makro ishida xalqaro standartlarni qo‘llash orqali jadal tezlik bilan jahon tajribasini qabul qilmoqda. Shunday qilib, tarmoq O‘zbekistonda birinchi bo‘lib xaridorlarni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kassalari va elektromobillar uchun zaryadlash stansiyasi bilan xursand qildi.

Ushbu bahorda, butun dunyo pandemiyaga duch kelganida, Makro supermarketlar tarmog‘i mamlakatni qo‘llab-quvvatladi: filiallar uzluksiz ishladi, aholi daromadining pasayishi hisobga olingan holda narxlar nazorat qilindi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik" jamg‘armasini qo‘llab-quvvatladi, O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi xayriyani muvofiqlashtiruvchi markazga va ko‘plab oilalarga yordam berdi.

Birinchi karantin davrida professionallar jamoasi xaridlarni uydan chiqmasdan – hayotni xavf ostiga qo‘ymasdan amalga oshirish mumkin bo‘lishi uchun qisqa vaqt ichida xaridorlarga yangi Makro yetkazib berish xizmatini (makromarket.uz) taqdim etdi.

Yangi yechimlar:

Savdo tarmoqlaridan o‘zining Ye-Makro ilovasini ishga tushirish bo‘yicha birinchi savdo tarmog‘ini ishga tushirdi ( http://makromarket.uz/application), unda mijozlar ballarini tejashi va ularni kuzatib borishlari mumkin;

Chiroyli tabiatimizning kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qilib, yashil, tez chiriydigan paketlardan foydalanishni boshladi.

O‘tgan haftada Makro o‘zining Buxoro shahridagi birinchi supermarketini taqdim etdi, u yerda yil oxirigacha yana ikkita filial ochilishi rejalashtirilgan. Tarmoqning asosiy maqsadlaridan biri o‘z chegaralarini kengaytirish, mintaqalarda mavjud bo‘lishdir.

Makro – bu ko‘proq narsa orasidan tanlash, g‘amxo‘rlik va qulaylikni his qilish, o‘sish va yutuqlarni kuzatish imkonini berib xaridorlarning hayotini yengillashtirayotgan brenddir.

Mana 10 yil davomida siz Makro bilan birgasiz. Tarmoqda hukmronlik qilayotgan muhit uchun tashakkur bildiramiz. Bu birinchi navbatda, har bir xaridor va mijozning, o‘z hayotini Makro bilan bog‘layotgan har bir kishining hissasi. Tashrif buyuruvchilar tufayli tarmoq rivojlanishda davom etmoqda va doimo eng yaxshi bo‘lishga intilmoqda!

 

Makro – 10 yil davomida siz bilan birga!

Top