00:01 / 11.12.2020
3962

Saudiya Arabistonida Pfizer vaksinasini qo‘llashga ruxsat berildi

Foto: Global Look Press

Saudiya Arabistonining oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitar nazorat boshqarmasi Pfizer va BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasining ro‘yxatga olinishi va qo‘llanishini ma'qulladi. 

Boshqarma bu qarorga kelishdan avval vaksinaning sinovlari natijalari bo‘yicha 24 noyabrda taqdim etilgan ma'lumotlarni o‘rganib chiqqan. Shuningdek, boshqarma turli ekspertlar va kompaniyalar vakillari bilan maslahatlashgan.  

“Masalaning barcha texnik va ilmiy jihatlari muhokamasidan keyin vaksinani ro‘yxatga olish va qo‘llashga ruxsat berishga qaror qilindi”, deyilgan xabarda. 

Ta'kidlanishicha, vaksinaning podshohlikka yetkazilishi va u bilan emlash boshlanishi muddatlari keyinroq e'lon qilinadi.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni hukumati vaksinaning xavfsiz ekaniga to‘liq ishonch hosil qilish uchun mamlakatga yetkaziluvchi vaksinaning har bir partiyasidan namunalarni tekshirishni rejalashtirmoqda.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top