20:23 / 12.12.2020
5208

Erdo‘g‘an Yevroittifoq Gretsiya va Kipr ta'siridan qutulishi kerakligini aytdi

Avvalroq YeI mamlakatlari O‘rta yer dengizining bahsli hududlaridagi gaz konlarida razvedka ishlari olib borgani uchun Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritishga kelishib olgandi.

Foto: Anadolu Agency

Turkiya va Yevropa ittifoqi munosabatlari kelajagiga ikkita davlatning fikri bilan chek qo‘yish xato yondashuv, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

Turkiya prezidentining fikricha, Yevroittifoq Gretsiya va Kiprning grek jamiyati ta'siridan qutulishi lozim.

«Turkiyani chetlashtirish, izolyatsiya qilish va ayniqsa, jazolashga urinish hech narsa keltirmaydi. Anqara o‘z huquqi va milliy manfaatlarini himoya qilmoqda. YeIning pozitsiyasidan qat'i nazar, Turkiya mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka hissasini qo‘shishda davom etadi», - dedi Erdo‘g‘an.

 Avvalroq YeI mamlakatlari Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritishga kelishib olgandi.

 Sanksiyalar O‘rta yer dengizining bahsli hududlaridagi gaz konlarida razvedka ishlarini rejalashtirish va o‘tkazishda ishtirok etgan shaxslar hamda kompaniyalarga qarshi kiritiladi.

Top