Ma'lum qilinishicha, "sinovlar vaqtinchalik muddatga to‘xtatilgan va bu ko‘ngillilardan birida nevrologik muammo paydo bo‘lgani bilan bog‘liq".
Peruning "Kaetano Eredia" universitetida Xitoyning Sinopharm kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari to‘xtatildi.
Tadqiqotchilar guruhi rahbari Herman Malaganing ma'lum qilishicha, "sinovlar vaqtinchalik muddatga to‘xtatilgan va bu ko‘ngillilardan birida nevrologik muammo paydo bo‘lgani bilan bog‘liq".
"64 yoshli qatnashchilardan birida nevrologik simptomlar kuzatildi. Birinchi navbatda ushbu sinovlarning xavfsizligi muhimligi sababli nima bo‘lganini aniqlash uchun tadqiqotni vaqtincha to‘xtatishga qaror qildik", - dedi u.
Hozirda Xitoyda ishlab chiqilgan to‘rtta vaksina klinik sinovlarning uchinchi bosqichida. Ulardan ikkitasi Sinopharm, bittasi CanSinoBIO va yana biri Sinovac kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining ishlanmasi asosida Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlarini o‘tkazish ishlari boshlangani xabar qilingandi.