10:54 / 12.12.2020
19515

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrifdan asosiy maqsad - islohotlarning mahallabay tizimda yo‘lga qo‘yilganini, odamlar hayotidagi ifodasini ko‘rish, navbatdagi rejalarni belgilash.

Safar davomida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, viloyat faollari, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish mo‘ljallangan.

Top