11:03 / 13.12.2020
9940

Rossiya xalq artisti Valentin Gaft 85 yoshida vafot etdi

Mashhur aktyor bilan vidolashuv marosimi 15 dekabrda u ijod qilgan “Sovremennik” teatrida bo‘lib o‘tadi. Gaft shu kuni dafn etiladi.

Aktyor 2019 yilda insultni boshdan o‘tkazgach, reabilitatsiya markazida uzoq vaqt sog‘lig‘ini tiklagan.  

Valentin Gaft 1935 yilda Moskvada tug‘ilgan. MXATning maktab-studiyasini tamomlagan. 1969 yildan “Sovremennik” teatrida faoliyat yuritgan.

Gaft aktyorlik faoliyati davomida o‘nlab rollarni ijro etgan. Uning mashhur ishlari orasida Eldar Ryazanovning “Garaj”, “Salom, men sizning xolangizman!” (“Zdravstvuyte, ya vasha tyotya!”), “Bechora gusar haqida bir so‘z ayting” (“O bednom gusare zamolvite slovo”) kabi filmlari bor.   

Gaft, shuningdek, “Bahorning o‘n yetti lahzasi”, “Minotavr huzuriga tashrif” (“Vizit k Minotavru”), “Vertikal bo‘ylab poygalar” (“Gonki po vertikali”) kabi filmlarda rollar ijro etgan. 

Aktyor ko‘plab mukofotlar va ordenlar bilan taqdirlangan.  

Mavzuga oid
Top