14:31 / 16.12.2020
3615

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 10dan ortiq harbiy halok bo‘ldi

Noyabr o‘rtalarida Badaxshon viloyatida “Tolibon” jangarilarining politsiya postiga qurolli hujumi natijasida kamida 12 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 10 nafari jarohatlangandi.

 “Tolibon” harakati jangarilarining Bog‘lon viloyatidagi blokpostga uyushtirgan hujumi oqibatida Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining 13 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Ariana News telekanali xabar berdi.

 Telekanal xabarida aytilishicha, hujum Puli-Xumri shahrining Vazirobod tumanida amalga oshirilgan. Puli-Xumri politsiyasi toliblar hujum uyushtirganini tasdiqladi.

O‘z navbatida, 1TV telekanali o‘z manbasiga tayanib Uruzg‘on viloyatida “Tolibon” jangarilari hujumi oqibatida 13 nafar harbiy halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar qildi.

Noyabr o‘rtalarida Badaxshon viloyatida “Tolibon” jangarilarining politsiya postiga qurolli hujumi natijasida kamida 12 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 10 nafari jarohatlangandi.

 Afg‘oniston hukumat kuchlari noyabr boshlarida Qandahor viloyatida o‘tkazgan amaliyot davomida “Tolibon” harakatining 100dan ko‘proq jangarisini yo‘q qilgandi.

Top