21:22 / 16.12.2020
3501

Kambag‘al mamlakatlar 2024 yilgacha vaksinaga ega bo‘lmasligi mumkin – JSST

Rejaga muvofiq, 2021 yil oxirigacha 2 mlrd doza vaksina ishlab chiqarilishi va dunyo bo‘yicha teng taqsimlanishi lozim.

Foto: BioNTech

Agarda koronavirusga qarshi vaksina bilan ta'minlash bo‘yicha COVAX xalqaro mexanizmi muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan bo‘lsa, kam daromadli mamlakatlar kamida 2024 yilgacha vaksinasiz qolishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda COVAX dasturini amalga oshirayotgan Vaksina va immunizatsiya bo‘yicha global alyansning (GAVI) qayd etishicha, mexanizm mablag‘ yetishmovchiligi, vaksina yetkazib berishning izdan chiqishi xavfi va COVAX qatnashchilari uchun murakkab shartnomaviy sharoitlarga duch kelgan.

"COVAX mexanizmi barbod bo‘lishi xavfi juda yuqori", - deyiladi GAVI hisobotida.

Hujjatda qayd etilishicha, bu dasturni amalga oshirish muddatining qisqaligi va kerakli tajribaning yo‘qligi bilan bog‘liq.

 COVAX ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va markazlashgan xaridlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mexanizm hisoblanadi. Hozirda unga 180dan ortiq mamlakat qo‘shilgan.

Dasturga ko‘ra, yuqori daromadli mamlakatlar vaksina sotib olish uchun pul to‘laydi va shu orqali  moliyalashtiriladigan davlatlarni subsidiyalaydi. Rejaga muvofiq, ushbu mexanizm doirasida 2021 yil oxirigacha 2 mlrd doza vaksina ishlab chiqarilishi va dunyo bo‘yicha teng taqsimlanishi lozim.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top