15:53 / 17.12.2020
6662

Mirzaobodda yoshlarga 50 sotixdan yer ajratib berildi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida «Har bir yoshga bir gektar» loyihasi doirasida 32 nafar bolaga ekin yer maydoni foydalanish uchun taqsimlab berildi.

Foto: Mirzaobod tumani hokimligi

«Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari K.Sobirov, Mirzaobod tumani hokimi J.Yariyev, tuman xalq qabulxonasi rahbari, tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari R.Anorboyev, tuman yoshlar ishlari agentligi hamda tuman sektor rahbarlari hamkorlikda Mirzaobod tumani «Nurafshon» mahallasi hududidan tumanning «Nurafshon» hamda «Tinchlik» mahallalarida yashovchi yoshlar daftarini shakllantirishda yer so‘rab murojaat qilgan 32 nafar fuqaroning har biriga «Har bir yoshga bir gektar» loyihasi doirasida 50 sotixdan jami 16 gektar ekin yer maydoni foydalanish uchun taqsimlab berildi», deyiladi Mirzaobod tumani hokimligi axborot xizmati xabarida.

Shu yerning o‘zida har bir yoshga yer ajratish bo‘yicha tuman hokimi qarorlari topshirilgan.

Top