11:30 / 18.12.2020
16484

19 dekabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Foto: KUN.UZ

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 19 dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin). Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 4-6 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top