22:30 / 18.12.2020
14484

Ozarboyjon Rossiya bilan chegarasini yopdi

Avvalroq Ozarboyjon muntazam aviaqatnovlar uchun havo chegaralarini 31 yanvargacha yopgandi. Respublikada 14 dekabrdan 18 yanvargacha qat'iy karantin rejimi joriy etilgan.

Foto: RIA Novosti

Ozarboyjon hukumati koronavirus pandemiyasi sababli Rossiya bilan chegara 2021 yilning 1 martigacha yopilganini e'lon qildi

 Mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi xabar qilishicha, «Rossiyada ham, Ozarboyjonda ham koronavirus yuqtirganlar sonining keskin o‘sishi» hamda mamlakatda qat'iy karantin choralari kiritilgani sababli Boku tegishli choralarni ko‘rgan.

 Ozarboyjonning Rossiya bilan quruqlikdagi chegarasi Dog‘iston Respublikasi va Hachmaz tumani o‘rtasida o‘tgan. Ozarboyjonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolardan Dog‘istonga safar qilmaslikni so‘ragan.

Avvalroq Ozarboyjon muntazam aviaqatnovlar uchun havo chegaralarini 31 yanvargacha yopgandi. Respublikada 14 dekabrdan 18 yanvargacha qat'iy karantin rejimi joriy etilgan: barcha restoran, qahvaxona va savdo markazlari yopilgan, aholi faqat maxsus SMS-ruxsatnoma bilangina uydan chiqishi mumkin.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Ozarboyjonda 195,4 mingdan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 2,1 mingdan ortiq bemor vafot etgan. Rossiyada esa 2,7 mln holat qayd etilgan, 49,7 ming kishi vafot etgan.

 

Mavzuga oid
Top