13:23 / 19.12.2020
7443

2027 yilgi Osiyo kubogini qabul qilish uchun berilgan ariza nega qaytarib olinganiga izoh berildi

18 dekabr kuni “Toshkent yoshlar forumi – 2020” doirasida jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev yoshlar bilan muloqot qildi.

Foto: Toshkent yoshlar forumi

U o‘z chiqishi davomida futbol bo‘yicha 2027 yilgi Osiyo Chempionatini qabul qilishga berilgan ariza nega qaytarib olinganligi haqida izoh berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

“Bizda nufuzli musobaqalarni o‘tkazishga hali yetarli infratuzilma shakllanmagan. Shuning uchun hozircha alohida sport turlari bo‘yicha kichik musobaqalarni qabul qilish bilan cheklanyapmiz”,  dedi Dilmurod Nabiyev.

Shuningdek, vazir sportda nega iqtidorlarni saralash tizimi yo‘qligi, iste'dodlar chekkada qolib ketishi haqidagi savolga javob berdi.

“O‘zbekistonda shu paytgacha seleksiya degan tushunchaning o‘zi bo‘lmagan. Buni tan olish kerak. Chekka hududlardagi bolalarga e'tibor qaratadigan tizim u yoqda tursin, shaxslar ham bo‘lmagan. Sportda, futbolda o‘zgarishlar qilish maqsadida vazirlik qoshida komissiya tuzib, futbol jamoasi uchun viloyatlardan, chekka hududlardan bolalarni to‘pladik. Aslida, bu ishni murabbiylar, seleksionerlar qilishi kerak edi. Afsuski, bunaqa tizim yo‘qligi uchun bu ishga o‘zimiz kirishishimizga to‘g‘ri keldi. Kelgusida bu yo‘nalishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib olish bo‘yicha choralarni olib boramiz”, deya ta'kidladi Nabiyev.

Mavzuga oid
Top