19:05 / 19.12.2020
5863

VAR, penaltilar va g‘alaba. «Ulsan Hyonde» «Persepolis»ni mag‘lub etib, OChL-2020 g‘olibiga aylandi

Qatar poytaxti Dohada Osiyo Chempionlar ligasi finali doirasidagi «Persepolis» va «Ulsan Hyonde» uchrashuvi nihoyasiga yetdi.

G‘arb va sharq mintaqasidan finalgacha yetib kelgan Eron va Janubiy Koreya klublari o‘rtasidagi o‘yinda forslar hisobni ochishdi. Mehdi Abduning bo‘lim yakunidagi goli «Persepolis»ni tanaffusga g‘olib sifatida olib chiqayotgandek edi, ammo 45+4-daqiqada bosh hakam VAR orqali forslar darvozasi tomon 11 metrlik jarima to‘pi belgiladi. To‘pga yaqinlashgan braziliyalik Junior Negao zarbada adashgan bo‘lsa, qaytgan to‘pni darvozaga kiritib muvozanatni tikladi – 1:1.

Uchrashuvning 55-daqiqasida yana VAR tizimi ishga tushdi va to‘p eronliklar himoyachisining qo‘liga tekkani tasdiqladi. Ikkinchi penaltini ham Negao golga aylantirib, yakunda «Ulsan Hyonde»ga 2020 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi g‘olibligini keltirdi – 1:2.

Ushbu g‘alaba «Ulsan Hyonde» tarixidagi ikkinchi Osiyo Chempionlar ligasi g‘olibligidir. Ushbu jamoa 2012 yilda ham OChL bosh sovriniga ega chiqqan edi.

19 dekabr (shanba)
OChL. Final. Qatar
«Persepolis» - «Ulsan Hyonde» - 1:2
Gollar
: Mehdi Abdu Qara 45+1 – Junior Negao 45+4 penaltidan, 55 penaltidan.

Top