23:06 / 22.12.2020
5918

Kolumbiya rossiyalik diplomatlarni josuslikda ayblab mamlakatdan chiqarib yubordi

Diplomatik missiya xodimlari razvedka faoliyati bilan shug‘ullanishda gumonlanmoqda.

Foto: Picture Alliance/DPA

Kolumbiya rossiyalik ikki diplomatni josuslikda aybladi va ularni mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda hukumatdagi manbalariga tayanib El Tiempo gazetasi yozmoqda.

Xabarda aytilishicha, diplomatik missiya xodimlari Aleksandr Paristov va Aleksandr Belousov razvedka faoliyati olib borishda gumonlanmoqda. Nashrning ma'lumotiga ko‘ra, ular Kolumbiyada ikki yildan ortiq vaqt davomida bo‘lishgan. Diplomatlar Bogota-Amsterdam-Moskva aviareysida mamlakatni tark etishgan.

 Ular Kali shahrida harbiy razvedka maqsadida axborot beruvchilarni yollash bilan shug‘ullanishgani aytilmoqda. Bundan tashqari, rossiyalik diplomatlar iqtisodiy josuslik bilan ham shug‘ullangan, deb yozadi gazeta.

18 dekabr kuni Bolgariya rossiyalik diplomatni josuslikda ayblab mamlakatdan chiqarib yuborgandi. Qayd etilishicha, u harbiy tusdagi maxfiy axborot yig‘ish bilan shug‘ullangan.

Top