20:00 / 22.12.2020
66535
Reklama

UNITS – UZTELECOM'dan mobil aloqa abonentlari uchun innovatsion yangilik

UZTELECOM milliy operatori o‘z abonentlariga qulaylik yaratish uchun yagona hisob-kitob tizimiga ega bo‘lgan innovatsion UNITS tariflar tizimini taqdim etadi!

Bugungi kunda mobil aloqa hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bo‘lgan. Mobil operatorni tanlashda biz birinchi navbatda xizmatlarning sifati, ularning qulayligi va moslashuvchanligiga ahamiyat beramiz. Ammo har doim ham bizning ehtiyojlarimizga mos keladigan qulay tarif rejasini topib bo‘lmaydi, axir ma'lum bir oy ichida bizga ko‘proq kerak bo‘ladigan manbani – daqiqa, megabayt yoki SMS ni taxmin qilish qiyin. UZTELECOM'dan innovatsion UNITS tariflar to‘plami yordamida esa siz ushbu muammoni unutishingiz mumkin.

UNITS – bu tarifingiz resurslarini o‘zingiz istalgan miqdorda foydalanish imkoniyatini beradigan, mobil aloqa bozorida noyob, innovatsion, moslashuvchan tarif rejasi. Endi tarifga ulanganingizda ciz megabayt, daqiqa yoki SMSlarni xarid qilish o‘rniga mobil aloqa uchun universal o‘lchov birligi bo‘lgan yunitlarni sotib olasiz! Real vaqt rejimida daqiqalar, megabaytlar yoki SMSlaringizni osongina boshqarishingiz mumkin. Hisob-kitob qilish juda oddiy: 1 UNIT = 1 MB = 1 daqiqa   =1 SMS.

Shunday qilib, qiymati 7000 dan 75000 so‘mgacha bo‘lgan 8 ta taklif qilingan rejalardan birini tanlab, 700 dan 21000 gacha UNITS sotib olishingiz va ularni o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan nisbatda mobil qo‘ng‘iroqlar, Internet yoki SMS-chatlarda sarflashingiz mumkin.

Shu bilan birga, tarif rejasida limitdan tashqari xarajat sarflash va uni yangilash endi juda qulay – tarifingiz hisob-kitobi UNITS bilan osonlashadi! Tarifingiz UNITS sarflangandan so‘ng, hisobingizdan limitdan tashqari mablag‘ yechilmaydi. Bunday holatlarda siz o‘zingizning UNITS'ingizni RESTART xizmati orqali yangilashingiz mumkin.

UNITS tarif rejalariga o‘tish deyarli har qanday tarif rejasidan va qulay usulda amalga oshiriladi (USSD-buyruqlar, SMS, shaxsiy kabinet, MyUZTELECOM mobil ilovasi, savdo ofislari yoki Kompaniyaning yagona call-markazi orqali).

UZTELECOM bilan qish mavsumi qizg‘in kechadi!

Har bir UNIT cizning ixtiyoringizda!

UZTELECOM – milliy operator.

Sayt: www.uztelecom.uz

Reklama huquqi asosida

Top