17:25 / 23.12.2020
2344

«UnionPay bilan foydali to‘lov qiling» – «Ipak Yo‘li» banki va UnionPay aksiya e'lon qildi

«Ipak Yo‘li» banki UnionPay kartasi egalari uchun maxsus aksiya start olganini e'lon qildi. Aksiya davrida mijozlarga istalgan turdagi xaridlar uchun keshbek beriladi.

Endi UnionPay kartasi egalari to‘lov vaqtida tovar umumiy qiymatining 5%iga ega bo‘ladi. Eng katta keshbek 10 dollarni tashkil etadi. Ya'ni 200 dollardan qimmatroq tovar sotib olinganda, 10 AQSh dollariga teng miqdor saqlanib qoladi.

Aksiya 2020 yilning 21 dekabridan 2021 yilning 1 martiga qadar davom etadi. Shu davrda UnionPay kartasi egalari foydali xaridlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

UnionPay xalqaro kartasi xorijga safarlar vaqtida moliyaviy erkinlik, naqd pulga almashtirmasdan xaridlarni amalga oshirish va xizmatga to‘lov qilish imkonini beradi, yuqori darajadagi xavfsizlikni kafolatlaydi hamda maksimal darajada foydalanish imkoniyati bilan sayohatlar vaqtida ishonchli hamroh hisoblanadi.

Karta egalari turli imtiyozlarga ega bo‘lib, minimal depozit va yillik xizmat ko‘rsatish emissiyasi bank tomonidan mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Shuningdek, «Ipak Yo‘li» banki o‘zi orqali biron-bir xalqaro kartani ochganlarga UnionPay kartasini taqdim etadi.

UnionPay kartasini «Ipak Yo‘li» banki orqali 10 daqiqa ichida, bankning istalgan filialida bepul ochish mumkin. Shuningdek, Ipak Yo‘li Mobile ilovasi orqali uyga yoki ofisga bepul yetkazib berish xizmati bilan buyurtma berish mumkin.

Batafsil: ipakyulibank.uz

Reklama huquqi asosida

Top