20:26 / 25.12.2020
5003

Dunyo pandemiya yakunigacha bo‘lgan yo‘lning yarmiga keldi – JSST

JSSTning Yevropadagi byurosi direktori Hans Klyugening fikricha, profilaktika, lokdaun va virus ustidan nazorat faol qo‘llanilsagina u pasayishi mumkin.

Foto: EPA-EFE

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi rivojlanishi borasidagi taxminlarda ehtiyotkor bo‘lishga urinmoqda, ammo dunyo yo‘lning yarmiga yetib keldi deb hisoblaydi. JSSTning Yevropadagi byurosi direktori Hans Klyuge ana shunday fikr bildirdi.

"Bunga o‘xshash viruslar taxminan ikki yil rivojlanadi, shuning uchun biz hozircha yo‘lning o‘rtasidamiz", – dedi u.

Klyugening qo‘shimcha qilishicha, JSST koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qanday rivojlanishini taxmin qilishi qiyin, chunki buni oldindan aytib bo‘lmaydi.

"Profilaktika, lokdaun va virus ustidan nazorat faol qo‘llanilsagina u pasayishi mumkin. Ozgina bo‘shashsak – yana kasallar soni jadal o‘sishini ko‘ramiz", – dedi u.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 79,8 milliondan oshgan, 1 mln 752 mingga yaqin inson vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top