08:20 / 25.12.2020
4630

Toshkentda qarindoshining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi 

Toshkent shahrida qarindoshining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Olmazor tumani ichki ishlar organlariga 45 yoshli Ravshanbek T. murojaat qilgan. 

Ravshanbek T.ning so‘zlariga ko‘ra, 21 noyabr kuni jiyani, 28 yoshli Sanjar T. janjal oqibatida uning pasportini gaz plitasida yoqib yuborgan. 

Qayd etilishicha, mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 227-moddasi (“Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top