14:32 / 26.12.2020
4562

Berlin markazida sodir bo‘lgan otishma oqibatida to‘rt kishi jarohatlandi

Shu yilning fevralida Kroytsbergda yuz bergan otishmada bir kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi jarohatlangandi. 

Foto: Paul Zinken / dpa / Global Look Press

Berlin markazida otishma sodir bo‘ldi, to‘rt kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Berliner Morgenpost nashrining yozishicha, hodisa poytaxtning Kroytsberg rayonida yuz bergan. Jarohatlanganlarning uch nafari Germaniya sotsial-demokratik partiyasi bosh qarorgohi yaqinida, yana biri esa Landver-kanal yonidan topilgan.

Otishma sababi hozircha ma'lum emas, deb xabar bermoqda Berliner Morgenpost, otishma sodir etganlar qidirilmoqda.

Shu yilning fevralida Kroytsbergda yuz bergan otishmada bir kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi jarohatlangandi. 

 

Mavzuga oid
Top