19:42 / 01.01.2021
4160

Hindistonda AstraZeneca vaksinasidan foydalanishga ruxsat berildi

Hindiston dori vositalari standartlarini nazorat qilish tashkiloti mahalliy Bharat Biotech vaksinasidan ham foydalanishga ruxsat berishi kutilmoqda.  

Foto: Depositphotos

Hindiston AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda

"AstraZeneca va Bharat Biotech vaksinalariga ruxsat berilmoqda", - degan nashr manbalaridan biri.

Nashrning ikkinchi manbasi ham Hindiston dori vositalari standartlarini nazorat qilish tashkiloti ekspertlari mahalliy Bharat Biotech vaksinasidan ham foydalanishga ruxsat berishini aytgan.

Hozirda AstraZeneca vaksinasidan Buyuk Britaniya va Argentinada foydalanishga ruxsat berilgan.

Top