09:56 / 03.01.2021
4481

Nigerda jangarilar hujumi oqibatida 70 kishi halok bo‘ldi

Nigerning Mali chegarasi yaqinida joylashgan ikki qishlog‘iga jangarilar hujum qilishi oqibatida kamida 70 kishi halok bo‘ldi

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, oxirgi vaqtda jangarilar tinch aholiga ularni qo‘llab-quvvatlamasa, yo‘q qilish bilan tahdid qilib kelgan.  

E'tiborlisi, hujum sodir etilgan kuni mamlakatda o‘tgan prezident saylovlarining 1-bosqichi dastlabki natijalari e'lon qilingandi. Saylovlarda hukmron partiyadan Muhammad Bazum yetakchilik qilmoqda. Saylovlarning 2-bosqichi fevralda o‘tishi belgilangan. Bu saylovlar Niger tarixida hokimiyat demokratik saylangan bir prezidentdan ikkinchisiga o‘tadigan birinchi saylovlar bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top