08:20 / 03.01.2021
18452

Saudiya Arabistoniga kirishga taqiqlov bekor qilindi 

Foto: AFP

Saudiya Arabistoni hukumati koronavirusning yangi shtammi bilan bog‘liq holda mamlakatga kirishga kiritilgan taqiqlovni bekor qildi. Taqiqlov 21 dekabrdan amal qilib kelayotgandi. 

SPA axborot agentligining xabar berishicha, xorijliklar podshohlikka kirishdan oldin Britaniya, JAR va koronavirusning yuqumliroq yangi turi tarqalayotgan boshqa davlatlarda 2 haftadan ko‘proq vaqt bo‘lmagan bo‘lsalar, Saudiya Arabistoniga kiritiladilar. Bundan tashqari, koronavirusga manfiy test taqdim qilish va xorijlik qaysi davlatdan kelayotganiga bog‘liq holda 3 kundan 14 kungacha karantinda qolishi kerak bo‘ladi.     
        
Saudiya Arabistoni Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning yangi shtammi 70 foizga yuqumliroq ekanini ma'lum qilgandan keyin o‘z chegaralarini yopishga qaror qilgandi. Shu sababga ko‘ra, shuningdek, dekabrda o‘nlab davlatlar Britaniya bilan aviaaloqani to‘xtatishga qaror qilgandi. 

Top