16:10 / 04.01.2021
3756

AQShda Moderna vaksinasi dozasini ikki baravarga kamaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

AQSh kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining ma'lumot berishicha, mamlakatda 4,2 milliondan ortiq kishi Pfizer va Moderna vaksinalari bilan emlangan. 

Foto: TASS/EPA/Gary Coronado

AQSh hukumati mamlakatda vaksinatsiya sur'atini tezlashtirish uchun aholining bir qismiga Moderna vaksinasi dozasining yarmini yetkazib berish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda CBS telekanali efirida vaksinatsiya dasturi rahbari Monsef Slaui ma'lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, ma'muriyat vakillari bu masala bo‘yicha Moderna kompaniyasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini sanitar nazorat qilish boshqarmasi (FDA) bilan muzokara olib bormoqda. Moderna vaksinasi bilan emlashda ikkita doza kiritish talab qilinadi.

"Moderna vaksinasi dozasining ikki baravarga kamaytirilishi ikki baravar ko‘proq odamlarni emlash imkoniyatini beradi", - dedi Slaui.

Uning qo‘shimcha qilishicha, vaksinaning yarim dozasi ham "to‘liq doza kabi immun javobini chaqiradi".

AQSh kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining (CDC) ma'lumot berishicha, mamlakatda 4,2 milliondan ortiq kishi Pfizer va Moderna vaksinalari bilan emlangan. 

 Hukumat avvalroq 2020 yil oxirigacha 20 mln kishini emlashni rejalashtirganini bildirgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top