16:27 / 04.01.2021
11238

Baydenning inauguratsiya marosimi o‘tkazilishi tafsilotlari ma'lum qilindi

Jo Bayden Kapitoliyda qasamyod qabul qilganidan so‘ng uni barcha turdagi qo‘shinlar harbiylaridan iborat prezident eskorti Oq uyga kuzatib boradi.

Foto: Joshua Robers/Getty Images

AQShda koronavirus cheklovlari sababli saylangan prezidentning Oq uyga kelishi marosimi o‘rniga virtual parad o‘tkaziladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, paradning virtual versiyasi televideniye orqali translatsiya qilinadi. Tashkilotchilarning aytishlaricha, parad qatnashchilari ijtimoiy masofaga rioya qilishi ta'minlanadi.

Shuningdek, xabar qilinishicha, Bayden Kapitoliyda qasamyod qabul qilganidan so‘ng uni barcha turdagi qo‘shinlar harbiylaridan iborat prezident eskorti Oq uyga kuzatib boradi.

Inauguratsiya marosimi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Amaldagi prezident Donald Tramp Baydenning inauguratsiya marosimida qatnashmaydi. U Floridada miting o‘tkazishni rejalashtirgan.

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top