23:03 / 04.01.2021
4940

Nigerda terrorchilar tomonidan 100 kishi o‘ldirilgani munosabati bilan uch kunlik motam e'lon qilindi

2 yanvar kuni ikki guruhga bo‘lingan terorchilar mototsikllarda Tillaberi rayonidagi ikkita qishloqqa hujum uyushtirgan. Choma-Bangou qishlog‘ida 70, Zarumadarey qishlog‘ida 30 kishi o‘ldirilgan, yana 25 kishi og‘ir jarohatlangan.

Foto: TASS/AP/Jon Gambrell

Nigerda 2 yanvar kuni terrorchilar tomonidan 100 kishi o‘ldirilgani munosabati bilan uch kunlik motam e'lon qilindi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Alkash Alhada ma'lum qildi.

 "Biz butun mamlakat bo‘yicha uch kunlik motam e'lon qildik", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda France-Presse agentligi.

Alhadaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror Niger milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.

2 yanvar kuni ikki guruhga bo‘lingan terrorchilar mototsikllarda Tillaberi rayonidagi ikkita qishloqqa hujum uyushtirgan. Choma-Bangou qishlog‘ida 70, Zarumadarey qishlog‘ida 30 kishi o‘ldirilgan, yana 25 kishi og‘ir jarohatlangan, deb xabar qildi okrug meri Almu Hassane.

Tillaberi rayoni uch mamlakat - Niger, Mali va Burkina-Faso chegaralari kesishgan strategik muhim hududda joylashgan. Afrikaning bu qismida "G‘arbiy Afrikadagi islom davlati" terrorchilik guruhi harakat qiladi. Tillaberi rayonida 2017 yildan buyon favqulodda holat rejimi amal qiladi.

Mavzuga oid
Top