14:33 / 04.01.2021
48358

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi

Mamlakat bo‘ylab ob-havo sharoitini hali ham markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilamoqda, deb xabar qildi «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi.

Kechalari 5-10 daraja, shimolda va cho‘l hududlarida 12-17 daraja sovuq bo‘ladi, hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0-5 daraja sovuqdan oshmaydi. 

Hafta davomida havo harorati o‘rtacha yillik qiymatlardan  8-10 darajaga past bo‘ladi. Respublikaning ba'zi joylarida tuman kuzatiladi.

Ushbu davrda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Top