14:46 / 04.01.2021
5314

Tramp Jorjiya hukumatidan saylovda o‘ziga yetmay qolgan ovozlarni "topish"ni talab qildi - OAV

Jorjiya shtatida 11779ta ovoz farqi bilan Jozef Bayden g‘alaba qozongandi. Mazkur shtatda ovozlar ikki marta qaytadan sanab chiqildi va har ikkisida ham Bayden g‘olib chiqqani tasdiqlandi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Jorjiya shtati davlat kotibi Bred Raffenspergerdan prezident saylovida ushbu shtatda g‘alaba qozonishi uchun yetmay qolgan "11780ta ovozni topish"ni talab qildi. The Washington Post nashri ana shunday talab yangragan audioyozuvni e'lon qildi.

 "Men faqat bir narsani xohlayman. Men 11780ta ovozni, undagidan (Jo Baydendan) bittaga ko‘p ovozni xohlayman. Chunki biz bu shtatda g‘alaba qozondik", - deydi audioyozuvda ovozi Trampning ovoziga o‘xshagan erkak.

 Jorjiya shtatida 11779ta ovoz farqi bilan Jozef Bayden g‘alaba qozongandi. Mazkur shtatda ovozlar ikki marta qaytadan sanab chiqildi va har ikkisida ham Bayden g‘olib chiqqani tasdiqlandi.

 Audioyozuvdagi suhbat jarayonida Tramp agarda Raffensperger va uning yuridik maslahatchisi Fulton okrugida minglab byulletenlar yo‘q qilinganligini tan olmaydigan bo‘lsa, ular jinoiy javobgar bo‘lishi bilan tahdid qiladi.

"Bu jinoyat. Bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘yolmaysiz", - deydi erkak. 

 AQShning saylangan vitse-prezidenti Kamala Harris audioyozuvga izoh berarkan, buni "hokimiyatni qo‘pol ravishda suiiste'mol qilish"ga misol deb atadi.  

Oq uy va Trampning saylov shtabi bu borada hozircha izoh bermadi.

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top