15:28 / 07.01.2021
8587

Tramp saylov natijalaridan norozi bo‘lishiga qaramasdan hokimiyatni topshirishini ma'lum qildi

AQSh senati va kongress vakillar palatasi 6 yanvar kuni demokrat Jozef Baydenning prezident saylovida g‘alaba qozonganligini tasdiqladi.

Foto: Reuters

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp 20 yanvar kuni hokimiyatni topshirishini ma'lum qildi. Uning bayonoti prezident yordamchisi Deniyel Skavinoning tvitterida e'lon qilindi.

"Saylov natijalariga to‘liq qo‘shilmasam ham 20 yanvar kuni hokimiyat topshirilishi tegishli tarzda o‘tkaziladi", - deyiladi bayonotda.

AQSh senati va kongress vakillar palatasi 6 yanvar kuni demokrat Jozef Baydenning prezident saylovida g‘alaba qozonganligini tasdiqladi.

 Shu kuni Trampning tarafdorlari AQSh kongressiga bostirib kirishdi. Keyinroq kuch ishlatish tuzilmalari namoyishchilarni konress binosidan siqib chiqarishdi.

Tartibsizliklar vaqtida to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Donald Tramp saylovdagi mag‘lubiyatini tan olmasdan kelmoqda.

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Top