00:48 / 07.01.2021
9382

Vashingtonda Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirishdi

Foto: Twitter/rebtanhs

AQSh prezidenti Donald Tramp prezident saylovlari natijalarini hech qachon tan olmasligini aytgandan keyin Vashingtonda uning tarafdorlarining ko‘p ming kishilik namoyishi boshlandi. 

Namoyishchilar kongress binosiga kirishga urinishgan. Ularning bir qismi prezident saylovlari natijalarini tasdiqlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tayotgan Kapitoliy binosi oldidagi to‘siqlardan oshib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videolarda yuzlab odamlar temir to‘siqlarni ag‘darib, Kapitoliyga olib boruvchi zinalarga yetib borganini ko‘rish mumkin. Politsiya gaz ballonchalari yordamida ularni to‘xtatishga va orqaga surishga harakat qilgan.

Politsiya qo‘lbola portlovchi qurilma haqida olingan xabardan keyin Kapitoliy tepaligi inshootlari majmuasiga kiruvchi ikki bino – Kongress kutubxonasi va ofislar joylashgan binodan odamlarni evakuatsiya qilgan.

Vakillar palatasi a'zosi Eleyn Luriya Tramp tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirishga urinishayotgani, tashqaridan o‘q ovoziga o‘xshash shovqinlar kelayotganini ma'lum qilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, namoyishchilar Kapitoliy binosiga kirishga muvaffaq bo‘lishgan. Tartibsizliklar sababli saylovlar natijalarini tasdiqlash bo‘yicha yig‘ilishni to‘xtatishga qaror qilingan, kongressmenlar xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Mavzuga oid
Top