20:18 / 08.01.2021
8199

Markaziy bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma'lum qilindi 

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat narx-navolari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Davlat statistika qo‘mitasi mamlakat hududidagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 6 yanvar kuni o‘tkazilgan kuzatuv va alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Suyakli mol go‘shti 45 ming so‘mdan 66 ming so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg suyakli mol go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori» va Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori»dagi go‘sht rastalarida qayd etilgan (45 ming so‘m). Suyakli mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da kuzatildi (66 ming so‘m).

Qo‘y go‘shti 48 ming so‘mdan 78 ming so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (48 ming so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (78 ming so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2 900 so‘mdan 6 ming so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kartoshkaning sotuvdagi minimal narxi (2 900 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da sotuvdagi kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 ming so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 200 so‘mdan 4 ming so‘mgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi Guliston shahar «Guliston dehqon bozori»da (1 200 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda bo‘lgan piyozning narxi kuzatildi (4 ming so‘m).

Sabzi ming so‘mdan 5 ming so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi Guliston shahar «Guliston dehqon bozori» va Farg‘ona shahar «Farg‘ona dehqon bozori»da (ming so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvdagi sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 ming so‘m) qayd etildi.

Tuxum 8 ming so‘mdan 15 ming so‘mgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Guliston shahar «Guliston dehqon bozori»dagi tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (8 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (15 000 so‘m).

Guruch 5 ming so‘mdan 19 ming so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (5 ming so‘m) qayd etilgan. Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (20 ming so‘m).

O‘simlik yog‘i 10 ming 500 so‘mdan 17 ming 600 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining minimal narxi Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori»da (10 ming 500 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (17 ming 600 so‘m) qayd etildi.

Shakar 6 ming so‘mdan 8 ming so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (6 ming so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Jizzax shahar «Jizzax markaziy dehqon bozori», Samarqand shahar «Siyob dehqon bozori», Termiz shahar «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Yangiyo‘l shahar «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Urganch shahar «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahar «Oloy dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (8 ming so‘m) qayd etildi.

Top