23:43 / 08.01.2021
25282

Qirg‘izistonda hokimiyatni kuch bilan egallab olish haqidagi audioyozuvlar tarqaldi 

Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi ba'zi siyosatchilarning mamlakatdagi hokimiyatni kuch bilan egallab olish haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvlarining haqiqiyligini tekshirmoqda. 

Foto: EPA

Qo‘mitada ta'kidlanishicha, maxsus xizmat ba'zi siyosatchilar, prezident lavozimiga nomzodlar va ularning tarafdorlarining 2021 yilda inqilob uyushtirish hamda prezident saylovlari va referendumdan keyin ommaviy noroziliklar o‘tkazish haqidagi suhbatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda va materiallar tegishli ekspertizalarga jo‘natiladi.

O‘tkaziladigan ekspertizalar natijasida hokimiyatni kuch bilan egallab olishga chorlagan shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi. Qo‘mitada hokimiyatning kuch bilan egallab olinishiga qaratilgan xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlik borligi eslatib o‘tilgan.

Qirg‘izistonda muddatdan avval prezident saylovlari 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Ushbu lavozimga 17 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Bir vaqtda respublikada respublikadagi boshqaruv shakli bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Fuqarolar prezident yoki parlament boshqaruvi o‘rtasida tanlov qilishlari kerak bo‘ladi.

Top