01:23 / 11.01.2021
8530

Farg‘ona vodiysida 2 balli zilzila kuzatildi

11 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:38da Qirg‘iziston hududida zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentridan Toshkentgacha masofa janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 363 km.ni tashkil etadi.

FVV zilzila 41,09 gradus shimoliy kenglik, 73,55 gradus sharqiy uzunlik, 20 km chuqurlikda bo‘lgani, uning magnitudasi 4,4 ballni tashkil etganini ma'lum qildi.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Namangan: 158 km, 2 ball.

Andijon: 107 km, 2 ball.

Farg‘ona: 168 km, 2 ball.

Mavzuga oid
Top