11:13 / 11.01.2021
4014

Namangandagi suv uzatish inshootida nosozlik sodir bo‘ldi

Bugun, 11 yanvar kuni, Namangan viloyatidagi “Paxtaliko‘l” suv uzatish inshootida D-1000 millimetrli yuqori bosimli magistral tarmoqlarda favqulodda nosozlik sodir bo‘lganligi sababli mazkur inshoot faoliyati soat 10:00dan boshlab vaqtinchalik to‘xtatildi.

“Namangan suv ta'minoti” MChJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, Namangan shahrining Oromgoh dahasi, 1-Axsikent, 2-Axsikent, Go‘zal, Chamanzor, Mingchinor, Mustaqillik, Pahlavon, Nurobod, Sihatgoh, Mehnatobod,  Ishonch, Istiqbol MFY hududi va 1-kichik tumani ayrim joylarida ichimlik suvi ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi. 

Hozirda “Namangan suv ta'minoti” MChJ Namangan shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani aytilgan.

Avvalroq, Andijonda katta suv quvuri yorilib ketgani, aholidan ichimlik suvi zaxirasini g‘amlab qo‘yish so‘ralgani xabar berilgandi.

Top