19:46 / 12.01.2021
6656

Facebook va Twitter Trampning sahifasini bloklagandan keyin 44 milliard dollar yo‘qotdi

Twitter ijtimoiy tarmog‘i bir necha kun ichida 7,74 foizga, Facebook esa 5,3 foizga arzonlashib ketdi. Bunday vaziyat ijtimoiy tarmoqlar AQSh prezidenti Donald Trampning sahifalarini to‘sgandan keyin kuzatilmoqda.

Foto: wthr.com

Trampning sahifalari bloklangandan keyin Facebook va Twitter’ning bozor narxi mos ravishda 41 mlrd dollar va 3 mlrd dollarga arzonlashib ketgan.   

NASDAQ birjasida Facebook aksiyalari 5,3 foizga arzonlashib, kompaniya kapitallashuvi 731,56 mlrd dollarga tushib ketgan. Twitter aksiyalari esa 7,74 foizga arzonlashgan va buning natijasida kompaniyaning bozor narxi 38,3 mlrd dollargacha tushib ketgan. 

Avvalroq ma'lum qilinganidek, Trampning Twitter’dagi akkaunti bloklangach, AQSh prezidenti tarafdorlari orasida Telegram messenjeri ommalasha boshlagan. Bunga, shuningdek, Tramp tarafdorlari orasida ommalashgan Parler ijtimoiy tarmog‘ining App Store va Google Play’dan o‘chirilishi ta'sir qilgan.

AQSh prezidentining Facebook va Twitter’dagi sahifalari Trampning tarafdorlari Vashingtondagi Kapitoliy binosiga bostirib kirishgandan keyin bloklab qo‘yilgandi. Ushbu ijtimoiy tarmoqlar rahbariyatining fikricha, Trampning postlari ijtimoiy tarmoqlarning zo‘ravonlikka chaqirish va uni olqishlashni taqiqlovchi qoidalarini buzgan.  

Mavzuga oid
Top