00:10 / 12.01.2021
9931

MIB: «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga bir oyda 64,7 mlrd so‘m o‘tkazildi

Yangi tartibga asosan, davlatga yetkazilgan zarar undirilganidan so‘ng uning bir qismi muhtojlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda.

Foto: Majburiy ijro byurosi

Majburiy ijro byurosi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, 2020 yil dekabr oyida «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» uchun 64,7 mlrd so‘m mablag‘ proporsional tartibda yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabrdagi prezident farmoni asosida shunday tartibga o‘tilgan edi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 1 dekabrdan boshlab, jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat bojlari, jinoiy va ma'muriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larning 50 foizi (Toshkentda 30 foizi) «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid
Top