09:52 / 12.01.2021
15488

Tijorat banklarida dollar kursi oshdi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 12 yanvar, seshanba kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.

Bir qator banklarda dollar olish 10 470 - 10 500 so‘mdan, sotish 10 520 so‘mdan taklif etilmoqda. So‘nggi marta banklarda dollar kursi dekabr oyida jiddiy ko‘tarilgandi (olish - 10 450 so‘m, sotish - 10 500 so‘m).

Avvalroq, Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qilgandi. Ushbu almashuv kurslari 12 yanvar kunidan kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23,76 so‘mga oshgan va bir dollar 10 473,20 so‘mni tashkil qildi.

Top