22:30 / 14.01.2021
17938

Fotogalereya: Harbiylar va arboblar – Vatan himoyachilari bayramida

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi «Xalqlar do‘stligi» saroyida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda rasmiy shaxslar, askarlar, serjantlar, ofitserlar va ularning oila a'zolari, faxriylar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosim avvalida mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni, prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Kun.uz muxbiri ko‘rgazmali chiqishlar va konsert tarzida o‘tgan bayram dasturidan fotoreportaj taqdim etadi.

 

Mavzuga oid
Top