23:54 / 14.01.2021
10045

Respublikachi kongressvumen Jo Baydenga impichment e'lon qilmoqchi 

AQSh kongressi vakillar palatasining yangi respublikachi a'zosi Marjori Teylor Grin Jo Bayden prezidentligining birinchi kuniyoq yangi prezidentga impichment e'lon qilish haqidagi rezolyutsiyani vakillar palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritmoqchi.     

Foto: Getty Images

“Amerika xalqi nomidan e'lon qilmoqchiman, biz o‘z yetakchilarimiz mas'uliyatli ekanliklariga amin bo‘lmog‘imiz lozim. AQSh prezidenti prezident vakolatlarini suiiste'mol qilmasligi va xorijiy hukumatlar, Xitoy energetik kompaniyalari, Ukraina energetik kompaniyalari tomonidan osongina sotib olinishi kerak emas. Shu sababli men 21 yanvarda Jo Baydenga impichment e'lon qilish moddasini qo‘llayman”, deb aytgan kongressmen.  

Grin Baydenni o‘z lavozimidan chetlatish uchun qanday ayblovlar xizmat qilishi mumkinligiga aniqlik kiritmagan. U intervyu vaqtida Bayden vitse-prezident lavozimida hokimiyatni suiiste'mol qilgani va uning “Ukraina bilan aloqalarini” eslatib o‘tgan. 

Kongressvumenning ushbu bayonoti vakillar palatasi amaldagi prezident Donald Trampga ikkinchi marta impichment e'lon qilgandan bir necha soat o‘tgandan keyin yangragan. 

2020 yil mayda Ukraina oliy radasi deputati Andrey Derkach go‘yoki Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko, Jo Bayden va AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri ovozlarini eshitish mumkin bo‘lgan telefon suhbatlari parchalarini e'lon qilgan. Audioyozuvlarda Bayden Poroshenkoga  o‘z o‘g‘li Xanter Bayden ishlaydigan Burisma kompaniyasi ishi bilan shug‘ullangan Ukraina bosh prokurori Viktor Shokinni 1 mlrd dollar pora evaziga lavozimidan bo‘shatishni tavsiya qilgan. Ta'kidlanishicha, olingan pora Poroshenko bilan bog‘langan korxonalar tomonidan davlat buyurtmalarining olinishiga yo‘naltirilgan. Poroshenko ushbu audioyozuvlarni qalbaki deb atagan.   

2020 yil iyul va sentyabrda Poroshenko va Bayden o‘rtasidagi suhbatning yangi qismlari e'lon qilingan. Ularda gap Ukraina maxsus xizmatlarining Qrimda diversiya amalga oshirishi va Donald Tramp haqida ketgan.

Mavzuga oid
Top