09:00 / 17.01.2021
8447
Reklama

LG: Hatto uyda bo‘lsangiz ham voqealar markazidasiz

Muvaffaqiyatli kishilarning hayot tarzi doimiy harakat va tezkor sur'atdan iborat. U esa ham jismonan, ham ma'nan tayyorgarlikni talab etadi. Aynan shuning uchun ham odamlar nafaqat odatiy ovqatlardan quvvat olish haqida qayg‘uradilar, balki ruhiy salomatlikka ham ko‘proq vaqt va e'tiborlarini ajrata boshladilar. Ko‘pchilik sifatli televizion kontent (musiqa, kino va teleseriallar)dan zavq oladi. LG Electronics (LG) televizorlari bilan esa bu jarayon yanada foydali va yoqimli tus oladi.

LG televizorlari – displeyga uzatiladigan tasvir sifatini avtomatik ravishda oshirish orqali uyingizni zamonaviy raqamli va multimediya ko‘ngilochar o‘yin-kulgu bilan to‘ldirishga yordam beradigan innovatsion yechimlar. Ular yordamida siz sevimli film va teleserial sahnalariga yangicha nazar solishingiz mumkin. Zamonaviy modellar ekranlari tasvirning yuqori aniqligi va uning tafsilotlarini taqdim etadi. Bu esa LG kompaniyasi mutaxassislarning ilg‘or ishlanmalar sohasida uzoq vaqt davomida olib borgan ishlari natijasidir.

O‘zini yorituvchi piksellar texnologiyasiga ega LG OLED zamonaviy televizori dizayni estetik huzur va ilhom beradi. Bu kabi innovatsiyalar tufayli siz nafaqat sevimli filmlaringiz syujyetlaridan, balki jahon rassomchiligi durdonalaridan ham bahra olishingiz mumkin. Ushbu televizor uy galereyasi funksiyasiga ega. U yordamida siz o‘zingizga har kuni taniqli rassomlarning ajoyib asarlaridan ilhomlanish imkoniyatini taqdim etasiz.

LG NanoCell lineykasi televizorlari kino va video o‘yinlar uchun g‘aroyib yechim – 4K kengaytmasi va intellektual protsessor yordamida hayotingizni yorqin taassurotlarga to‘ldiradi. Bularning bari tasvirga maxsus ishlov berish va filtrlash sabablidir. U esa ekranda faqat toza ranglarni aks ettirishda yordam beradi. LG ekranlarining g‘aroyibligi ham ana shu jihatda namoyon bo‘ladi. Video ketma-ketlik optimizatsiyasi uyingizni haqiqiy kinoteatrga aylantiradi.

LG Smart TV televizorlari o‘yin-kulgudan tortib, ma'rifiygacha bo‘lgan xilma-xil kontentdan bahra olish imkonini beradi. Siz do‘kondagi ilovalarni didingizga mos ravishda o‘rnatib olishingiz mumkin. Smart TV funksiyasi sababli televizor striming va musiqa kanallari ulkan tanlovi orasida sizga mos keladigan hamda sizni rag‘batlantiradigan kontentni tanlashda yordam beradi. Shuningdek, siz uchun oshpazlik kitobi, fitnes murabbiysi va hatto xorijiy til bo‘yicha o‘qituvchiga ham aylanadi. Bo‘sh vaqtingizni foydali o‘tkazing. Yangi marralarni zabt eting va buni LG kompaniyasining innovatsion televizorlari bilan birga amalga oshiring.

Reklama huquqi asosida

Top