22:10 / 18.01.2021
7723

Belarus xokkey bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish huquqidan mahrum bo‘ldi

Xokkey bo‘yicha jahon chempionati 2021 yil 21 maydan 6 iyungacha Latviya va Belarusda o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.

Foto: Mikhail Metzel / TASS / Getty

Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar sababli Minskni xokkey bo‘yicha 2021 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqidan mahrum qildi. Bu haqda federatsiya saytida ma'lum qilindi.

 Xabarda ta'kidlanishicha, agarda sportchilar, tomoshabinlar yoki jurnalistlarning erkin harakatlanishidan tashvishlanishga sabab bo‘lsa, federatsiya mamlakatni chempionat tashkil etish huquqidan mahrum qila oladi.

IIHF «siyosiy noroziliklar hamda koronavirus bilan bog‘liq xavflar fonida Belarusdagi xavfsizlik masalasini o‘rgangan». Natijada federatsiya bu qatnashchilar va tomoshabinlar xavfsizligini ta'minlashning imkoni yo‘q degan xulosaga kelgan.

Xokkey bo‘yicha jahon chempionati 2021 yil 21 maydan 6 iyungacha Latviya va Belarusda o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Endilikda IIHF chempionatni faqat Latviyaning o‘zida o‘tkazish imkoniyatini o‘rganmoqda.

 O‘tgan haftada Škoda avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasi va NIVEA MEN brendi xokkey bo‘yicha 2021 yilgi jahon chempionati Belarusda o‘tkaziladigan bo‘lsa, musobaqaga homiylik qilishdan voz kechishini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top