15:29 / 19.01.2021
7479

Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda vafot etdi

Joriy yilning 19 yanvar kuni taxminan soat 09:15larda Chilonzor tumani Baynalmilal ko‘chasida (“Charx Kamolon” mahallasi ro‘parasida) yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, 36 yoshli A.X. "Midibus SAZ/NP-37" rusumli mikroavtobusni boshqarib ketayotganida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 57 yoshli M.T.ni urib yuborgan.

Natijada, tan jarohatlari olgan piyoda hodisa joyida vafot etgan. YTH sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top