09:00 / 19.01.2021
6288
Reklama

Seoul Mun: Poytaxt markazidagi sohil bo‘yida restoran oching

Dream City ko‘chmas mulk mutaxassislari tomonidan Seoul Mun'dagi aynan qanday tijorat binolarida ovqatlanish shoxobchalari ochish kerakligi haqida tavsiyalar berishdi.

Dream City kompaniyasi mutaxassislari Seoul Mun tijorat ko‘chmas mulki hududida muvaffaqiyatli umumiy ovqatlanish nuqtasini ochish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini taqdim etishdi.

Seoul Mun – poytaxtda suv bo‘yida bunyod etilayotgan birinchi tijorat va dam olish me'moriy loyihasi. Umumiy hududi 40000 kvadrat metrni tashkil etadi. Bo‘rijar kanalining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab uch qavatli yuqori darajadagi ko‘chmas mulki qurilmoqda. Seoul Mun'da ikki yuzdan ortiq variantdagi turli xizmat, ko‘ngilochar jabhalar faoliyat olib boradi. Bu esa Toshkentning yangi keng ko‘lamli va zamonaviy qiyofasini aks ettiradi.

Loyihaning konsepsiyasi Dream City Development tomonidan dunyodagi yetakchi ko‘chmas mulk konsalting kompaniyasi Knight Frank bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Mustaqil ekspertlar tashrif buyuruvchilar harakati va boshqa jihatlarni hisobga olib binolarning o‘ziga xos joylashuvi tasnifini taklif etishgan. Ko‘chmas mulk egalari uchun bu qimmatli maslahat va barqaror daromadli biznesni tashkil qilish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

Shunday qilib, umumiy ovqatlanish yo‘nalishi: restoran, kafe, qahvaxonani yoki hatto fudkort, kichik taomlanish maydonchasini tashkil qilmoqchi bo‘layotgan tadbirkorlar uchun mutaxassislar ikki toifaga, ya'ni katta umumiy ovqatlanish va kichik umumiy ovqatlanish formatini o‘zlari uchun belgilab olishlarini maslahat berishadi.

Ushbu toifadagi ko‘chmas mulklar kirish va chiqish joylari va avtoturargoh joylariga yaqin masofada joylashadi. Maydoni jihatidan ushbu binolar uchun kichik, qulay variantdagi 60 kvadrat metrdan to 300 kvadrat metrgacha bo‘lgan biroz kengroq maydonli joylar tavsiya etiladi. Bunday joylarda shiftning balandligi sabab binodan ikki darajali makon tashkil qilish mumkin. Shuningdek, binoda havo tozalash va ventilyatsiya kommunikatsiya loyihalanadi. Har bir savdo maydoniga qo‘shimcha keng terrasa mavjud bo‘lib, undan qo‘shimcha ochiq havodagi tashqi makon sifatida foydalanish mumkin.

Knight Frank hisoblariga ko‘ra, Seoul Mun ko‘chmas mulki kapitallashuvi 30 foizga o‘sadi. Hamda mazkur maskanga yiliga 4.000.000 kishi tashrif buyuradi.

Seoul Mun hududida bugunoq yuqori daromadli va barqaror biznesingizni yo‘lga qo‘ying.

Yagona ma'lumot markazi: +99871-202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top