18:40 / 20.01.2021
16940

Tramp Oq uyni tark etdi

Avvalroq Donald Tramp birinchi xonim Melanya Tramp bilan birga Floridadagi Palm-Bich shahriga borishi ma'lum qilingandi.

Foto: REUTERS/Leah Millis

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Oq uyni tark etdi va Florida shtatiga yo‘l oldi.

Avvalroq u birinchi xonim Melanya Tramp bilan birga Floridadagi Palm-Bich shahriga borishi ma'lum qilingandi. Reuters agentligi esa Tramp dastlab Vashington yaqinidagi Endryus harbiy bazasida xayrlashuv marosimini o‘tkazishi to‘g‘risida xabar bergandi.

AQShda prezident saylovi 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tdi. 14 dekabr kuni saylovchilar hay'ati ovoz berish natijalarini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Jozef Bayden mamlakatning yangi prezidenti bo‘ldi.

6 yanvar kuni Senat va Kongress vakillar palatasi Baydenning g‘alabasini tasdiqladi. Jozef Baydenning inauguratsiya marosimi 20 yanvar kuni 22:00 (Toshkent vaqti bilan) bo‘lib o‘tadi. 

 

Mavzuga oid
Top